» » Muhammad Saloh Serxio Ramos haqida: Avval seni yig‘lashga majbur qilgan inson endi esa kuldirmoqda?

Muhammad Saloh Serxio Ramos haqida: Avval seni yig‘lashga majbur qilgan inson endi esa kuldirmoqda?


Misr terma jamoasi va “Liverpul” klubi ?yetakchisi Muhammad Saloh “Real” sardori Serxio Ramosning so‘zlariga izoh berdi, deb yozadi Mirror?.

Misrlik futbolchi Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Real”ga qarshi o‘yinida, Ramos bilan kurashda jarohat olgan edi. Keyinroq Ramos Saloh birinchi bo‘lib uning qo‘lini ushlab olgani haqida ma’lum qilgan edi.

Ramosning izohi? Bu juda ham kulgili. Avval seni yig‘lashga majbur qilgan inson endi esa kuldirmoqda, bu har doim yoqimli. Balki, u menga Jahon Chempionatiga qadar sog‘ayib ketamanmi yoki yo‘qmi, shu haqda ham aytib berar? U menga xabar yozdi, biroq unga hammasi joyida deb hech qachon aytmaganman. Bu holatda qoida buzilgan edimi? Bilmadim. Yerga yiqilganimda jismoniy og‘riq va xavotirlar to‘lqini ostida qoldim. Chempionlar Ligasi finalini tugatolmaganimdan jahlim chiqdi va chuqur afsuslandim. Biroq hozirda ahvolim ancha yaxshi. Urugvayga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushaman, deb umid qilaman. Hammasi bahsdan oldingi ahvolimga bog‘liq bo‘ladi.

Muhammad Saloh, futbolchi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют