» » Namanganda ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazlarining soni 8 taga yetdi. Markazlarning maqsadlaridan biri — ayollar orasida suitsidlarni kamaytirish

Namanganda ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazlarining soni 8 taga yetdi. Markazlarning maqsadlaridan biri — ayollar orasida suitsidlarni kamaytirish


Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi ochildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Tumanning Qorapolvon mahallasida ish boshlagan markazda psixolog, ruhiy ko‘nikma, onalar va bolalar xonalari bo‘lib, ular hayotda turli muammolarga duch kelgan ayollarni qabul qilish uchun shay holatga keltirildi.

— Bu yerdagi ishlar jamoatchilik asosida va muntazam ravishda tashkil etiladi, — deydi tuman hokimining o‘rinbosari Nigora Abdurahmonova. — Markazda tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” markazi, FHDYO vakillari, mahalla maslahatchilari, imom-xatiblar faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan. Maqsadimiz tumanda notinch oilalar, o‘z joniga qasd qilishlar sonini kamaytirish, oilaviy hayotda qiyinchiliklarga duch kelayotgan xotin-qizlarimizga dalda bo‘lish, ruhiy qo‘mak berishdan iborat.

Ma’lumot uchun, viloyatning har bir tumanida shunday markazlar ochilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda ularning soni 8 taga yetdi.

Yangi markazning ochilish marosimi va tumanning faol ayollari bilan uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Irodaxon Qo‘chqorova ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2018, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют