» » O‘zbekiston IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni va uning o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni va uning o‘rinbosari tayinlandi


O‘zbekiston IIV markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida bir qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilindi.

General-mayor Bahodir Mirzarahimov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Shokirjon Xudoynazarov IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari—shtab boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Podpolkovnik Shuhrat Rafiqov IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari— birinchi bo‘lim boshlig‘i bo‘ldi.

Podpolkovnik Vali Xidiraliyev IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Toshkent, Jizzax, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlari IIB boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют