» » Putin Ukraina prezidenti bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi

Putin Ukraina prezidenti bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi


Vladimir Putin va Pyotr Poroshenko telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Suhbat Kiyev tashabbusi bilan amalga oshirildi. Rossiya va Ukraina yetakchilari ikki davlatning inson huquqlari bo‘yicha vakillari mahbuslar holidan xabar olishi haqida kelishib oldi.

Poroshenko ukrainalik mahbuslar tezda ozod etilishi muhimligini ta’kidladi va ularning salomatligi yomonlashganidan xavotir bildirdi.

O‘z navbatida, Vladimir Putin Ukrainada hibsga olingan rossiyalik jurnalistlar zudlik bilan ozod etilishini talab qildi.

Shuningdek, davlat rahbarlari Ukraina janubi-sharqidagi vaziyatni muhokama qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют