» » Jahon Chempionati vaqtida Rossiyada umuman reklamalar bo‘lmaydigan futbol telekanali ishga tushiriladi

Jahon Chempionati vaqtida Rossiyada umuman reklamalar bo‘lmaydigan futbol telekanali ishga tushiriladi


Jahon Chempionati vaqtida Rossiyada yangi “Match! Ultra” telekanali ishga tushadi, deb xabar beradi “TASS”.

Telekanal “Gazprom-media Match” va “Rostelekom” kompaniyalari tomonidan ta’sis qilinadi.

Yangi telekanal sutkasiga 24 soat davomida futbol o‘yinlari translyatsiyasini amalga oshiradi. Shuningdek, tomoshabinlar e’tiboriga mualliflik ko‘rsatuvlari va turli tok-shoular ham havola qilib boriladi. Kanalda reklamalar umuman bo‘lmaydi va u eksklyuzivlarni birinchi bo‘lib namoyish etish imtiyoziga ega bo‘ladi.

Telekanalda “Match TV”ning eng yaxshi sharhlovchilari va boshlovchilari ish olib boradi. Jahon Chempionati vaqtida telekanal “Match planeta” o‘rnini egallaydi va 16-iyulgacha faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun Jahon Chempionati o‘yinlari 14-iyundan 15-iyulga qadar Rossiyaning 11 ta shahridagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют