» » Ketma-ket uchta Olimpiadada sovrindor bo‘lgan Rishod Sobirov sportchilik faoliyatini yakunladi

Ketma-ket uchta Olimpiadada sovrindor bo‘lgan Rishod Sobirov sportchilik faoliyatini yakunladi


Rishod Sobirov sportchilik karyerasiga yakun yasadi, deb yozdi “Olamsport”. Dzyudo ustasi faoliyati davomida Pekin, London va Rio Olimpiadalarining bronza medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.

Sportchi, shuningdek, jahonning ikki karra chempioni hisoblanadi. U Osiyoda ham tengsiz bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan, ko‘plab xalqaro musobaqalarda chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Endilikda Sobirov bu tajribasini murabbiylik sohasida qo‘llaydi hamda O‘zbekiston terma jamoasining -60 va -66 kilogrammda gilamga chiqadigan sportchilariga ustozlik qiladi. Boisi Sobirov aynan shu vazn toifalarida muvaffaqiyatga erishgan. Boshlanishiga u maslahatchi murabbiy lavozimini egallaydi.

Rishod Sobirov bir emas, ikki vazn toifasida Olimpiada sovrindori bo‘lgani bilan ajralib turadi. U Pekin—2008 va London—2012 da -60 kilogramm vaznda gilamga chiqqan va bronza medalini qo‘lga kiritgan. Rio—2016 da esa 6 kilogrammga og‘irlashib, eski natijalarini takrorlagan.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют