» » Nukusda 1-martdan avtobuslar uchun sariq, yo‘nalishli taksilar uchun kumush rangdagi jetonlar chiqariladi

Nukusda 1-martdan avtobuslar uchun sariq, yo‘nalishli taksilar uchun kumush rangdagi jetonlar chiqariladi


Nukus shahrida joriy yilning 1-mart sanasidan boshlab yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportlari — avtobus va yo‘nalishli taksilarda yo‘lovchilar yo‘l haqini to‘lashi uchun plastik kartochkalar orqali sotib olinadigan jetonlar chiqariladi, deb yozadi “KRuz.uz”.

Bu bo‘yicha “Qaraqalpaqtrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashuvchilar Respublika assotsiatsiyasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shahar ichida, yo‘lovchilar oqimining ko‘p yig‘iladigan o‘rinlarida, dastlabki oylarda 5—6 o‘rinda maxsus shahobchalar qo‘yilib, ular bank terminallari bilan ta’minlanadi. Yo‘lovchilar bank plastik kartochkalari orqali jeton sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Jetonlar hozirgi kunda belgilangan yo‘l haqi miqdorida baholanadi va avtobuslar uchun jetonlar sariq rangda, yo‘nalishli taksilar uchun kumush rangda tayyorlanadi. Jetonlar bilan bir qatorda, jetoni bo‘lmagan yo‘lovchilar yo‘l haqini naqd pul bilan to‘lab ketishi mumkin.

Bahodir Ataniyazov,“Qaraqalpaqtrans” avtomobilda yuk va yo‘lovchi tashuvchilar Respublika assotsiatsiyasining bo‘lim boshlig‘i 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют