» » Qarshi shahrida 30 nafardan ortiq harbiyning oilasi ish bilan ta’minlandi

Qarshi shahrida 30 nafardan ortiq harbiyning oilasi ish bilan ta’minlandi


Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Qarshi shahridagi harbiy shaharchada tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 30 nafardan ziyod harbiy xizmatchining oila a’zolari o‘zlariga ma’qul bo‘lgan ish o‘rinlariga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Qarshi harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan yarmarkada 40 dan ortiq tashkilot va korxona ishtirok etdi.

Harbiylarning oila a’zolari va fuqarolar 650 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan tanishib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga yo‘llanma oldi.

Shuningdek, mazkur tadbir doirasida ko‘chma kitob yarmarkasi ham tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют