» » Murad Buildings nafaqat odamlar uchun uy quradi…

Murad Buildings nafaqat odamlar uchun uy quradi…


Murad Buildings har yili minglab qushlarni qishki “uy-joy” va ozuqa bilan ta’minlab, jamoat joylari, bog‘lar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa shahar obyektlarida qushlarni oziqlantirishga mo‘ljallangan uychalar qurishda davom etmoqda.


Yanvar oyining o‘zida Toshkent shahri bo‘ylab qushlar uchun 300 ta uycha o‘rnatib berildi. Fevral davomida yana 200 ta shunday uya o‘rnatish rejalashtirilgan.

Yangi yil arafasida buvamlarnikida mehmon bo‘ldim. Hovliga qarasam, yuzga yaqin musicha va chumchuq oziqlanyapti. Keyin bilsam, buvamlar har tong qushlarga don separ ekanlar. Qushlar esa ularning chiqishlarini yig‘ilib, poylar ekan. Bundan juda ilhomlandim, kayfiyatim ko‘tarildi. Uning ustiga, buvamlarning aytishlaricha, bu juda katta savob ekan. Ana shu kundan boshlab bunday yaxshilikni butun yurt bo‘ylab yoyishga qaror qildim.

Murodxon Nazarov, Murad Buildings kompaniyasi asoschisi 


Bugungi kunda bu qushlar hayotini qishki mavsumda shahar sharoitida qo‘llab-quvvatlab turishga yo‘naltirilgan eng yirik ekologik aksiyadir. Qushlar qishki mavsumda qiynalmasliklari uchun barcha inlar doimiy ravishda oziq bilan ta’minlab turiladi.

Toshkent shahridagi qushlar haqida qayg‘urish bo‘yicha ekologik aksiyaga 2015-yilda start berilgan. O‘shanda shahar bo‘ylab qariyb 2000 ta uya o‘rnatilgandi.


Murad Buildings nafaqat mehr-muhabbat bilan uy barpo etadi, balki savob ishlarni bajonidil tashkil etib, ulardan haqiqiy zavq oladi.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (10-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют