» » Xorijdagi vatandoshlar O‘zbekistondagi o‘zgarishlarda ishtirok etish niyatini bildirdi

Xorijdagi vatandoshlar O‘zbekistondagi o‘zgarishlarda ishtirok etish niyatini bildirdi


9-iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi tomonidan qator o‘quv yurtlari talaba va o‘qituvchilari, London hamda Britaniya va Norvegiyaning boshqa shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan videokonferensiya shaklida muloqot o‘tkazildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi magistranti Diyora Rafiyeva, Kembrij universiteti bitiruvchisi Timur Yunusov va boshqalar O‘zbekistonda hayotning deyarli barcha sohalarida olib borilayotgan o‘zgarishlarni iliq kutib olib, qizg‘in qo‘llab-quvvatladi va unga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanligini izhor etdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida kelajakda hamkorlik qilish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi, jumladan, O‘zbekiston mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga eksport qilish, investitsiya, zamonaviy texnologiyalar jalb qilish, ilmiy va madaniy almashinuvni mustahkamlash va rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘z nutqlarida tashqi ishlar Vaziri o‘rinbosari Abdujabar Abduvaxitov va O‘zbekistonning Londondagi elchisi Alisher Shayxov vatandoshlarning mamlakat bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют