» » Vengriya hukumati muhojirlarni chegaradagi yuk konteynerlariga joylashtirishga qaror qildi

Vengriya hukumati muhojirlarni chegaradagi yuk konteynerlariga joylashtirishga qaror qildi


Vengriya hukumati mamlakatga kirish haqidagi so‘rovni ko‘rib chiqish davomida muhojirlarni joylashtirish bo‘yicha yangi qoidalar qabul qilinganini bildirdi. Endi ular qonuniy boshpana berishdan avval chegaradagi yuk konteynerlariga joylashtiriladi, deya xabar beradi TJournal. 

Bu mamlakat bosh vaziri Viktor Orban joriy etgan migratsiya ustidan nazorat choralaridan biri ekanligi aytilmoqda. Yangi qoidalarga ko‘ra, zarur hujjatlarsiz qo‘lga olingan muhojir mamlakatdan chiqarib yuboriladi, qolganlar esa chegaradagi yopiq hududda saqlanadi. 

Odamlarning erkin harakatlanish huquqi vaqtincha bekor qilinadi: ular davlat chegarasi yaqinidagi maxsus ajratilgan hududda yashaydi. U yerda so‘rovlari bo‘yicha chiqariladigan qarorni kutish uchun 200—300 kishiga joy yetarli. Ushbu qoida faqat hozirgidek mamlakatda migratsiya masalasida favqulodda holat yuzaga kelgan payt uchun amalda bo‘ladi.

Yanosh Lazar, Vengriya bosh vaziri o‘rinbosari

Ma’lumot uchun, 2016-yilda Vengriya boshpana berish bo‘yicha 30 mingga yaqin talabnoma oldi, biroq atigi 425 nafar qochoq va muhojirning iltimosi qondirildi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют