» » Davlat “Sharq” nashriyotidagi ulushini 11 mln dollarga sotuvga qo‘ydi

Davlat “Sharq” nashriyotidagi ulushini 11 mln dollarga sotuvga qo‘ydi


“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining 24,6 foiz aksiyalari sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Spot Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga tayanib.

Aksiyalar paketi 11,2 million dollar narxda sotilmoqda.

“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tarixi 1921-yilda tashkil etilgan bosmaxona va 1924-yilda tuzilgan “Sredazkniga” nashriyotidan  boshlangan. Keyinchalik esa ikkita mustaqil tuzilmaning respublikadagi barcha gazeta va jurnallarni nashr qiladigan va chop etadigan yagona nashriyot-matbaa majmuasiga birlashtirilishi amalga oshirilgan edi.

1991-yilda gazeta-jurnal kompleksi va bosmxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqarmasi huzuridagi “Sharq” nashriyot-matbaa konserniga aylantirilgan edi.

Bugungi kunda “Sharq” nafaqat O‘zbekiston Respublikasida, qolaversa butun Markaziy Osiyoda birdan-bir eng yirik gazeta-jurnal kompleksi ham hisoblanadi.

Kompaniyaning asosiy aksiyadori Davlat aktivlarini boshqarish markazi bo‘lib, u kompaniya aksiyalarining 95 foiziga egalik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют