» » Kim Chen In Singapurda KXDR bayroqlari o‘rnatilgan raqamsiz avtomobilda harakatlanmoqda

Kim Chen In Singapurda KXDR bayroqlari o‘rnatilgan raqamsiz avtomobilda harakatlanmoqda


KXDR yetakchisi Kim Chen In Singapur bo‘ylab davlat raqam belgisiga ega bo‘lmagan va faqat KXDR bayroqlari o‘rnatilgan mashinada harakatlanmoqda, deb yozadi “TASS”.

AQSh prezidenti Donald Tramp Singapur bo‘ylab harakatlanayotgan mashinaga esa Amerika va Singapur bayroqlari hamda AQSh raqam belgisi o‘rnatilgan.

Zirhli Mercedes S600 Pullman 10-iyun kuni Pxenyandan Il-76 samolyotida Singapurning Changi aeroportiga olib kelindi. Bundan tashqari, KXDR delegatsiyasi Singapurga Maybach avtomobilini ham olib keldi, u Mercedes bilan izma-iz yuribdi.

Tramp, Kim Chen Indan farqli o‘laroq, Changiga emas, Payya-Leba harbiy bazasiga yetib keldi.

Singapur bosh vaziri Li Syan Lun bilan “Istana” qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvga Amerika yetakchisi ikkita bir xil Cadillac’dan iborat kortejda bordi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют