» » Yevropa Ittifoqi: Quddus ikki mamlakatning poytaxtiga aylanishi lozim

Yevropa Ittifoqi: Quddus ikki mamlakatning poytaxtiga aylanishi lozim


Yaqin Sharqdagi inqirozni ikki mamlakatning ham mavjudligini ta’minlash orqali hal etish mumkin. Bu haqda Yevroittifoqning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining pozitsiyasi Quddusni ham Isroilning, ham Falastinning poytaxtiga aylantirishdan iborat.

“Biz ikki davlatning ham mavjudligi — Yaqin Sharqdagi mojaroni hal etishning yagona chorasi deb hisoblaymiz”, — deydi Mogerini.

Shuningdek, Mogerining qo‘shimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi ushbu maqsadga erishish yo‘lida o‘z qarashlarini o‘zgartirmagan holda ishlashni davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют