» » Yahoo o‘z messenjerini yopmoqda

Yahoo o‘z messenjerini yopmoqda


Amerikaning Yahoo korporatsiyasi shu nomli messenjerini yopayotgani haqida e’lon qildi. Yahoo Messenger 2018-yil 17-iyuldan keyin ishlamaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Uning o‘rniga Yahoo o‘zining yangi xizmati Squirrel’dan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Ayni paytda bu xizmat sinov talqini maqomida turibdi.

Yahoo Messenger 1998-yilda ishga tushirilgan. Biroq o‘shanda u Yahoo Pager deb nomlangan. O‘zining yakuniy nomiga xizmat 1999-yilning iyun oyida ega bo‘lgan. 2016-yilda Yahoo Messenger egalari bu xizmatga qaytadan qiziqish uyg‘otishga urinib ko‘rdi va uni yangi platformada ishga tushirdi, biroq urinishlar natija bermadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют