» » Bugun Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga boradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga boradi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 12-iyun kuni joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.

“Daryo” muxbirining xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti 2017-yil 22—23-iyun kunlari Farg‘onaga tashrifi chog‘ida viloyatdagi tuman va shaharlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab bergan edi.

Prezident Farg‘onaga tashrifi davomida mazkur rejalar ijrosi, istiqboldagi loyihalar bilan tanishadi, xalq bilan muloqot qilib, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechiradi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollarining videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют