» » O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotgan 70 yoshli qirg‘izistonlik velosayyoh Toshkentga yetib keldi (foto)

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilayotgan 70 yoshli qirg‘izistonlik velosayyoh Toshkentga yetib keldi (foto)


Velosipedda sayohat qilayotgan 70 yoshli qirg‘izistonlik Mahmud Toshtanov Toshkentga yetib keldi, deb yozadi “Kabar”. Uning tashrifi munosabati bilan O‘zbekistondagi Qirg‘iziston elchixonasida qabul marosimi bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Velosport federatsiyasi vakillari va sport faxriylari qatnashdi.

Toshtanov velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayohati davomida unga iliq munosabatda bo‘lishgani va ko‘mak ko‘rsatishgani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Marg‘ilon, Qo‘qon, Jizzax, Samarqand va Buxoroda bo‘ldim. Manas qishlog‘iga borib, etnik qirg‘izlar bilan muloqotda bo‘lish menga zavq bag‘ishladi. Haqiqatan ham, Manas qishlog‘ida qulay yashash va ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan”, — dedi Toshtanov.

Velosayohatchi kelajakda ushbu velosipedda haj safarini uyushtirish niyati borligini, O‘zbekiston bo‘ylab ushbu sayohat o‘ziga xos tayyorgarlik bo‘lganini qayd etdi.

Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab velosipedda sayohat qilayotgan qirg‘izistonlik Mahmud Toshtanov Samarqandga kelgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют