» » Donald Tramp va Kim Chen In Singapurda yakkama-yakka uchrashuvini yakunladi

Donald Tramp va Kim Chen In Singapurda yakkama-yakka uchrashuvini yakunladi


Amerika prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Singapurda yakkama-yakka uchrashuvini yakunladi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Translyatsiyani ABC telekanali olib bormoqda.

Muzokaralarning ushbu bosqichi tugagach, Tramp uchrashuv “juda yaxshi” o‘tganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, jurnalistlar Trampning KXDR rahbari bilan “aloqalari juda yaxshi” ekanligi haqida aytganini eshitdi.

Ayni paytda mamlakatlar yetakchilari va vakillari o‘rtasida kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Amerika tomoniga Trampdan tashqari, davlat kotibi Mayk Pompeo, milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident maslahatchisi Jon Bolton va Oq uy apparati rahbari Jon Kelli vakillik qilmoqda. KXDR tomonidan esa muzokaralar stoli atrofida Koreya Mehnat partiyasi raisi o‘rinbosari Kim Yon Chxol, Koreya Mehnat partiyasi raisi o‘rinbosari va Markaziy qo‘mitasi xalqaro bo‘limi mudiri Li Su Yon, KXDR tashqi ishalr vaziri Li Yon Xo bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют