» » Madinadagi Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar masjidi imomi “Yilning islomiy shaxsi” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Madinadagi Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar masjidi imomi “Yilning islomiy shaxsi” mukofotiga sazovor bo‘ldi


Saudiya Arabistonining Madina shahrida joylashgan Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar masjidi imomi Shayx Ali Bin Abdulla Rahmon Al Huzayfiy “Yilning islomiy shaxsi” mukofotiga sazovor bo‘ldi, deb yozadi UAE Inside.

Shayx Huzayfiy Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar masjidining eng uzoq yillardan buyon faoliyat yuritayotgan imomlaridan biridir. U shuningdek, yetakchi islom olimlari qatoriga kiradi va islom dunyosidagi eng hurmatli shaxslardan hisoblanadi.

Shayx Huzayfiy mukofot sifatida 1 million dirham pulni qo‘lga kiritdi.

“Yilning islomiy shaxsi” mukofoti 22 yildan buyon DIHQA tashkiloti tomonidan islom dunyosi olimlari va muassasalariga ularning Qur’on oldidagi xizmatlari uchun berib kelinadigan eng nufuzli mukofotlardan biridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 10:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют