» » Zinedin Zidan kelajakdagi rejalari haqida ma’lum qildi

Zinedin Zidan kelajakdagi rejalari haqida ma’lum qildi


“Real” klubi sobiq bosh murabbiyi, Fransiya termasi bilan Jahon va Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan Zinedin Zidan hozircha milliy terma jamoada ishlamoqchi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Hozir eng muhimi Fransiya terma jamoasini Jahon Chempionatida qo‘llab-quvvatlash. Terma jamoani boshqarish haqida esa o‘ylayotganim yo‘q. Hozircha biroz tanaffuz qilib, o‘zimga kelib olishim kerak. Terma jamoaga muxlislik qilib, uning Jahon Chempionatidagi ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritishini istayman.

Zinedin Zidan, murabbiy

Fransiya termasini ayni paytda Zidan bilan birga 1998-yildaJahon chempionligini qo‘lga kiritgan sheriklaridan biri Didye Desham boshqarmoqda.

Fransiya futbol federatsiyasining prezidenti Noel Le Gre Zidanning kelajakda terma jamoaga boshqaruviga kelishini inkor etmadi, ammo bu holat Deshamning shartnoma muddati yakuniga yetadigan 2020-yildan oldin yuz bermasligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 11:17)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют