» » Jinoyat jarayoni ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Jinoyat jarayoni ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi


“Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat jarayonining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarini muhokama qilish portaliga joylandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Qabul qilinishi rejalashtirilayotgan qonun maqsadi — jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat jarayonining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish.

Qonun loyihasida “himoya qilinuvchi shaxslar” va “jinoyat jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarning davlat himoyasi” tushunchalariga aniqlik kiritiladi.

Davlat tomonidan himoya qilinuvchi shaxlarga:

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari ham davlat tomonidan himoya qilinishi mumkin.

Davlat himoyasi choralari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgunga qadar arizachi, jabrlanuvchi, jinoyat guvohi yoki jinoyat haqida ogohlantirish yoki uni fosh qilishga sabab bo‘luvchi boshqa shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.

Qonun loyihasida himoya qilinuvchi shaxslarning xavfsizlik choralari sanab o‘tilgan:

Himoya qilinuvchi shaxs jinoyat jarayonidagi ishtiroki bilan bog‘liq ravishda halok bo‘lgan taqdirda uning oila a’zolariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdordagi nafaqa to‘lanadi, boquvchisini yo‘qotgan holatda pensiya tayinlanadi.

Jinoyat jarayonidagi ishtiroki orqasidan nogironlikni keltirib chiqargan tan jarohati olgan shaxsga bir vaqtda to‘lanadigan nafaqa beriladi va nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlanadi.

Himoya qilinuvchi shaxsni o‘ldirishga real tahdid mavjudligi, unga nisbatan zo‘ravonlik, jinoyat jarayonidagi ishtiroki bilan bog‘liq ravishda mol-mulkiga zarar yetkazish xavfsizlik choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Xavfsizlik choralarini qo‘llash haqidagi qaror surishtiruv organlari, tergov, prokuror yoki sud tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Qonun u rasman chop etilgan kundan kuchga kirishi kutilmoqda. Muhokama 26-iyun kuni yakunlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 11:17)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют