» » Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi jamg‘arma aholidan 30 mln. so‘mlik qadimiy kitoblar sotib oldi

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi jamg‘arma aholidan 30 mln. so‘mlik qadimiy kitoblar sotib oldi


Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aholida saqlanayotgan noyob qo‘lyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlar xarid qilindi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Jamg‘arma ijro etuvchi direksiyasi, Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va noyob hujjatlar egasi bo‘lgan jismoniy shaxslar o‘rtasida shartnomalar tuzildi hamda 29,2 million so‘m noyob hujjatlar egalariga o‘tkazib berildi.

Xarid qilingan 38 turdagi kitoblar va qo‘lyozmalar tarixiy, badiiy, adabiy, diniy va ilmiy ahamiyatga oid manbalar hisoblanadi. Aholidan noyob kitoblar, tarixiy xujjatlar sotib olinarkan, ularni ilmiy muomalaga kiritish maqsad qilib qo‘yilgan.

Yosh tadqiqotchilarga tadqiqot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan bu tarixiy ashyolar aholi qo‘lida qolib yo‘qolib ketishi yoki yaroqsiz holga kelishining oldi ham olinadi. Bundan tashqari, qo‘lyozmalarni zarur shart-sharoitlarda saqlanishi, restavratsiya qilinishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 12:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют