» » Afrikalik qullar Amerikada qanday qilib ro‘za tutgan?

Afrikalik qullar Amerikada qanday qilib ro‘za tutgan?


“Islom.uz” da afrikalik qullarning Amerikada og‘ir sharoitlarda yashab ham diniga, Vataniga sodiq qolgani haqida maqola chop etildi.

Qullar juda og‘ir sharoitlarda yashaganliklari hammaga ma’lum. Ularning ko‘pchiligi ozod bo‘lib tug‘ilganligiga qaramasdan, tug‘ilishdan to o‘limigacha bo‘lgan hayot tarzi xo‘jayinlariga bog‘liq masala edi. Keyinchalik ular qulga aylantirilgan. Ular qul bo‘lib tug‘ilganmi yoki ozod bo‘libmi farqi yo‘q edi, ularning hayotini xo‘jayinlari tasarruf qilar edi. Shunga qaramasdan g‘arbiy afrikalik musulmon qullar Janubiy yoki Shimoliy Amerikada bo‘lib ham, hayotlarining ba’zi taraflarini o‘zlari nazorat qilishga harakat qilar edi. Ularni och yalang‘och yurishga majburlashlarini o‘zlari, dinlari uchun haqorat, or va pastkashlik deb bilishar edi. Ular xo‘jayinlaridan tekkan choyshab, matolardan bosh kiyimlar, uzun liboslar qilishga harakat qilar edi.

Qullar har qanaqasiga mustaqil hayot jabhalarini himoya qilishga urinar edi. Bu narsalarning bittasi taomga tegishli Islomning buyruqlari edi. Mast qiluvchi ichimliklar juda keng tarqalgan va iste’moli har qanaqasiga targ‘ibot qilinishiga qaramasdan, Islom ularga uni iste’molini xarom qilgan edi.

Ayyub Sulaymon Diallo hozirgi Senegal davlatidan qul qilib Merilendga olib ketiladi va ikki yildan so‘ng Angliyaga jo‘natiladi. Merilendda Diallo jinoyat sababli tergovga ishi oshiriladi, bu mudhish holatdan qutulish uchun unga spirtli ichimlik ichishni taklif qilishadi, lekin u rad etadi. Spirtli ichimliklardan voz kechgan faqat Dialloni o‘zi emas edi. Shunday yo‘l tutgan boshqa Ibrohim Rahmon ismli qul haqidagi xabarlar ham yetib kelgan.

Go‘sht masalasiga kelsak qullarda ortiqcha tanlash imkoni bo‘lmagan. Eng arzon va ko‘p bu—cho‘chqa go‘shti edi. Janubiy Kaliforniyada Uilyam Boll plantatsiyasida Nero ismli xabash qul hisobchi edi. Unga cho‘chqa go‘shtidan mol go‘shtiga o‘tishga izn berishdi. Qul uchun sharafli hisobchi bo‘lish kasbini sharofatidan bo‘lsa kerak. Yuqorida ismini tilga olgan Diallo nafaqat spirtli ichimliklarni ichmagan, balki faqat halol go‘sht yegan.

Jorjiyadagi Xoupton plantatsiyasidagi Solih Bilol va boshqa musulmon qullar vaziyatdan chiqishning yana bir yo‘li sifatida umuman go‘sht yeyishdan bosh tortgan. Musulmon qullar nafaqat imkon darajasida Islom dinining taom masalasidagi ko‘rsatmalariga to‘liq amal qilgan, balki Ramazon ro‘zasini tutishga ham urinar edi. Masalan, Braziliyadagi ozod musulmonlar va qullar Shimoliy Amerikadagidek kundalik hayotlarida tazyiqlarga ortiqcha uchramagan. Ularga birga dasturxon yozish va maktablarga birga borishga ruxsat berilgan edi. Braziliyaliklar Ramazon tugashi bilan o‘zaro almashinadigan sovg‘alarni “saka” deb nomlashgan – arabcha “zakot” so‘zidan olingan.

Jorjiya shtatidagi Si-Aylenddagi musulmon qullar ham ro‘za tutishga harakat qilar edi. Muslimalar guruchdan “saraka” deb ataluvchi kekslar pishirishgan va u bilan musulmon bo‘lmagan mehmonlarni ikrom qilishgan. “Saraka” arabcha sadaqa so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zidan boshqaning manfaati uchun sarf qilish tushuniladi. Solih Bilolning o‘g‘li Jorjiyadagi Sent Simon orolidagi plantatsiyaga yuboriladi, va u yerda dinini saqlab, ro‘za tutibgina qolmay, boshqa musulmon va musulmon bo‘lmagan qullarga saraka taomini tayyorlar edi.

Musulmon qullar Ramazon oyida ro‘za tutmasliklari ham mumkin edi bunga ularda sabablar bor edi. Shuni ta’kidlash kerakki, har bir plantatsiyada o‘zining oy taqvimi bor edi. Qullar o‘z dinlarini himoya qilishga harakat qilar edi, kimnidir mulki bo‘lishga va nohaqsizliklarga qarshi chiqar edi. Ular o‘zlarining ijtimoiy holatlariga diniy majburiyatlarni qurbon qilishni istamas edi. Bu faqatgina Shimoliy Amerikada emas, g‘arbiy afrikalik musulmonlar yashaydigan hamma yerda bor holat edi. Masalan, Yamaykada yashagan musulmon qul Muhammad Kaba, ro‘za tutmoqchi bo‘lgan vaqtda o‘zini kasalga solgan.

Fitna dunyoda musulmon qullar, o‘zlarini dinlariga amal qilishda davom etdi, shu bilan dinlari va vatanlari bilan aloqani saqlab qoldi. Ular AQSh, Janubiy Amerika va Karib orollarida ham dinlariga to‘liq amal qildi. Yakka holdagi musulmonlar, plantatsiyalarda yashagan musulmon oilalar va Braziliyada butun boshli musulmon jamoalar o‘zlari ega bo‘lgan kichkinagina mustaqillikni diniy amallarini bajara turib, saqlab qolishga imkon darajasida harakat qilardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют