» » Shavkat Mirziyoyev Angordagi ipak qurti yetishtiradigan korxona loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Angordagi ipak qurti yetishtiradigan korxona loyihasi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati Angor tumanida Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilgan Huashen Silkworm Pro mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Joriy yilda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan yangi korxona ipak qurti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, bu yerda 3 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

O‘zbekiston Prezidenti mazkur loyiha bilan tanishar ekan, Surxon vohasida serhosil ipak qurti parvarishlash uchun tabiiy iqlim va qulay sharoitlar yetarli ekanini ta’kidladi.

“Yangi korxona mamlakatimiz ipakchilik sanoatini sifatli xomashyo bilan ta’minlashga, voha aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda agrar sohaning yangi loyihalari bilan tanishdi

Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyatida 2016-yili 3 ming 394 fermer xo‘jaligi tomonidan qariyb 1 ming 553 tonna pilla yetishtirilgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют