» » Xitoydan O‘zbekistonga charter reyslari yo‘lga qo‘yiladi

Xitoydan O‘zbekistonga charter reyslari yo‘lga qo‘yiladi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Xitoyning bir guruh turoperatorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

18 nafar turoperator va 4 nafar fotografdan iborat guruh 25-maydan 11-iyunga qadar O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatning turizm salohiyatini o‘rgandi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaning madaniy-tarixiy merosi, mehmonxonalar, milliy taomlar bilan tanishdi.

Mehmonlar sayyohlarga qulay bo‘lishi uchun Xitoy yozuvida bitiklarni ko‘rish, shuningdek, nafaqat Toshkent, balki boshqa shaharlarda ham Xitoy taomlari oshxonalari bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kidladi. Toshkent va Zominning tog‘li hududlari, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida faol turizmni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga e’tibor qaratdi.

Turoperatorlar Diplomatic VIP and Travel Service kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy yil avgust oyi oxirida Chunsin, Loan va Sian shaharlaridan O‘zbekistonga charter va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют