» » Davlat xavfsizligi xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev Tojikistonga bordi

Davlat xavfsizligi xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev Tojikistonga bordi


O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bugun, 12-iyun kuni ishchi tashrif bilan Dushanbega bordi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmatiga asoslanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, Ixtiyor Abdullayevni poytaxt aeroportida Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimov kutib olgan.

Ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuv davomida terrorizmga qarshi kurash, davlat chegaralarini muhofaza qilish, o‘zaro axborot almashish masalalarini muhokama qilgan. Yakunda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bitim imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston DXX rahbari Rog‘un GESi barpo etilayotgan hududga tashrif buyurishi va u yerda qurilish ishlarining borishi bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют