» » Farg‘onada qarovsiz qoldirilgan bola mashina ichida o‘zini yoqib yubordi

Farg‘onada qarovsiz qoldirilgan bola mashina ichida o‘zini yoqib yubordi


Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida “VAZ-2102”ning yonib ketishi oqibatida 9 yoshli bolakay halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Beshariq tumanida yashovchi nafaqaxo‘r o‘zining avtomashinasida O‘zbekiston tumanida joylashgan “Ergashali ustoz Murodov” fermer xo‘jaligiga o‘rik mahsulotini terib olish uchun borib, bog‘ ichiga kirib ketgan. Biroq o‘zi bilan birga olib kelgan 9 yoshli nabirasini nazoratsiz qoldirishi oqibatida, u avtomashina salonida bo‘lgan 5 litrlik yelim idishdagi benzin yoqilg‘isini to‘kib, gugurt bilan yoqib yuborgan.

Oqibatda avtomashina salonida yong‘in sodir bo‘lib, nabira kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan. Yong‘in shu yerda bo‘lgan fuqarolar tomonidan o‘chirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют