» » Trampning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi yurak xuruji sabab shifoxonaga yotqizildi

Trampning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi yurak xuruji sabab shifoxonaga yotqizildi


Oq uyning bosh iqtisodiy maslahatchisi Larri Kudlou yurak xurujini boshidan o‘tkazdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Bizning savdomiz va iqtisodimiz uchun judda katta ishlarni amalga oshirgan buyuk Larri Kudlou bugun yurak xurujini boshidan o‘tkazdi. Hozirda u Walter Reed tibbiyot markazida”, — deb yozadi Amerika yetakchisi.

Larri Kudlou BBC va CNBC telekanallaridagi turli shoularda, xususan, Kudlow Report iqtisodiy dasturida boshlovchilik qilgani bilan tanilgan. Uning maqolalari muntazam ravishda Amerika nashrlari paydo bo‘lib turadi. Shuningdek, u iqtisod va pulga bag‘ishlangan blogini ham yuritib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют