» » Kun fotosi: Shodi bobo, Salomat momo va O‘zbekiston Prezidenti

Kun fotosi: Shodi bobo, Salomat momo va O‘zbekiston Prezidenti


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safari davomida Angor tumanidagi Zang gilambob qishlog‘ida Shodi bobo Xushboqov xonadonida bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zA. Shavkat Mirziyoyev Shodi bobo va u kishining umr yo‘ldoshi Salomat momo bilan oilaning kundalik hayoti, farzandlar va nabiralarning tarbiyasi to‘g‘risida suhbatlashgan.

Siz kabi ko‘pni ko‘rgan, yuzidan nur yog‘ilib turgan otaxon va onaxonlar jamiyatimizning mustahkam zamini, yurtimizning fayzu barakasidir.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Yerdan unumli foydalanilsa, Surxondaryo sharoitida yilda uch martagacha hosil olish mumkinligi, harakat qilgan odam o‘zini ham, xalqini ham boy qilishi ta’kidlandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, istiqboldagi reja va ezgu maqsadlar haqida so‘z yuritildi. Xonadon egalari davlatimiz rahbari xalq ichiga kirib, odamlarning fikrini o‘rganayotganidan yurtdoshlarimiz juda mamnun bo‘layotganini ta’kidladi. Odamlar og‘irini yengil qilish, turmushini yanada farovon etish borasidagi ulkan, tizimli ishlari uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют