» » Farg‘onada investitsiyaviy xab tashkil etilmoqda

Farg‘onada investitsiyaviy xab tashkil etilmoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farg‘ona viloyatida xorijiy sarmoyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilishga qaratilgan investitsiyaviy xab tashkil etilmoqda. Xorijdagi doimiy ofislar, birodarlashgan shaharlar va mamlakatdagi chet ellik ishbilarmonlar orqali bu xabga 161 million dollardan ortiq investitsiya olib kelish rejalashtirilmoqda. Ushbu mablag‘ni yangi korxonalar ochish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirib, 2 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, investitsiyaviy xab viloyatdagi erkin iqtisodiy zonalar va innovatsion markazlar bilan ham ishlaydi.

Prezident bu tizimni takomillashtirish, bunday xablarni boshqa hududlarda ham tashkil etish, iqtisodiy barqaror korxonalarni ko‘paytirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shu yerda Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalariga investitsiya jalb etish, bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish, yoshlarning innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlashga oid loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют