» » Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilondagi Ijodkorlar bog‘iga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilondagi Ijodkorlar bog‘iga tashrif buyurdi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Marg‘ilon shahrida ijodkorlar bog‘i tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Shu asosda bu yerda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mavjud istirohat bog‘i hududi kengaytirilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi, gulzor va maysazorlar tashkil etildi. Bog‘ markazida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning haykali o‘rnatildi, deb yozadi O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur Ijodkorlar bog‘ini borib ko‘rdi. Erkin Vohidov haykali poyiga gul qo‘ydi.

Shoirning oila a’zolari, yozuvchi va san’atkorlar bilan suhbatda adib ijodini o‘rganish va yoshlarga o‘rgatish, she’rlari asosida qo‘shiqlar yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Bog‘da Erkin Vohidov memorial muzeyi, yosh ijodkorlar maktab-internati, Yozuvchilar uyushmasining viloyat bo‘limi binosi, 2 ming kishilik amfiteatr, Nuroniylar maskani ham joylashgan.

Prezident  memorial muzeydagi eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Bu maskan haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lishi kerakligini, bu yerga o‘quvchi va yosh ijodkorlarni ko‘proq olib kelish zarurligini ta’kidladi.

Prezident Nuroniylar maskanida mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют