» » Shavkat Mirziyoyev oltiariqlik fermerlar bilan suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev oltiariqlik fermerlar bilan suhbatlashdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Oltiariq tumanidagi “Ismoil Nozim obod” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. G‘alla o‘rimini, g‘o‘za holatini ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Viloyat dehqon va fermerlari bilan suhbatda g‘alla hosilini yig‘ib olish, g‘o‘zadan kafolatlangan hosil yetishtirish, takroriy ekinlar ekish zarurligi ta’kidlandi.

“Dehqonchilikda yil yilga o‘xshamaydi. Hosildan, daromaddan umidvor fermer har bir niholni ‘sizlashi’ kerak. Barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, sidqidildan bajarishi zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qishloq xo‘jaligi uchun murakkab kelgan joriy yilda suvdan omilkorlik bilan foydalanish, bozorbop ekinlar ekish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют