» » O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari fuqarolarning ta’lim qonunchiligiga doir savollariga javob beradi

O‘zbekiston adliya vaziri o‘rinbosari fuqarolarning ta’lim qonunchiligiga doir savollariga javob beradi


13-iyun kuni Adliya vazirligi mutaxassislari kun davomida onlayn tarzda ta’lim sohasidagi savollarga javob beradi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

13-iyun soat 16:00 da esa adliya vaziri o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Yesemurat Kanyazov “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” sahifasi orqali onlayn-muloqotga chiqib, foydalanuvchilarning umumlashtirilgan va tasniflangan savollariga javob beradi.

Ta’lim qonunchiligiga doir masalalar bo‘yicha savollarni ayni vaqtdan boshlab 2018-yil 13-iyun kuni soat 16:00 ga qadar telegramdagi @tdyuubot manziliga yuborish mumkin.

Savollar 80 ta so‘zdan oshmasligi, ta’lim sohasiga oid (maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati va x.k) bo‘lishi lozim.

Ushbu talablarga javob bermaydigan savollar ko‘rib chiqilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют