» » Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahri aeroportining yangi xalqaro yo‘lovchi terminali (Toshkent-4) qurilishi” loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqladi

Shavkat Mirziyoyev “Toshkent shahri aeroportining yangi xalqaro yo‘lovchi terminali (Toshkent-4) qurilishi” loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan “Toshkent shahri aeroportining yangi xalqaro yo‘lovchi terminali (Toshkent-4) qurilishi” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi (TIA) tasdiqlandi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.

Loyiha texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilishi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi (KOICA) grant mablag‘larini jalb etgan holda 2016-yil yanvar— iyul oylarida amalga oshirildi. Buning uchun KOICA mazkur sohada katta tajribaga ega bo‘lgan koreys tashkilotlari — “Inchxon” aeroporti, Heerim, Yooshin, EY Hanyoung va Koreya transport instituti tanlab olindi.

Loyihaga ko‘ra, “Toshkent-4” maydoni 87 ming kvadrat metr bo‘lib, soatiga 1,5 ming yoki yiliga 5,7 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Yuqoridan nazar tashlaganda terminal humo qushining yoyilgan qanotlarini eslatadi. 4 qavatli terminal 36 samolyotni sig‘diradigan perron, avtomobillar turargohiga ega bo‘ladi. Uning qurilishiga 3 yil vaqt ketadi va joriy yilda qurilish-montaj ishlari boshlanadi.

Ma’lumot uchun, 2016-yil dekabrida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Janubiy Koreya Eksimbanki o‘rtasida loyihani amalga oshirish uchun EDCF fondi mablag‘larini taqdim etish bo‘yicha qarz kelishuvi imzolandi. Loyihaning umumiy qiymati 430,9 million dollarni tashkil etadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

 

Опубликовано: admin (10-02-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют