» » Toshkentda davlatga qarashli ikkita stomatologik poliklinika sotuvga qo‘yildi

Toshkentda davlatga qarashli ikkita stomatologik poliklinika sotuvga qo‘yildi


Toshkent shahridagi ikkita stomatologik klinikani sotuvga qo‘yildi. Bu haqda, Davlat raqobat qo‘mitasiga asoslanib, Spot xabar berdi.

Toshkent shahridagi 2-sonli hamda 4-sonli stomatologik poliklinikalarning bino va inshootlari sotuvga qo‘yilgan.

Birinchi obyekt Olmazor tumani, Qoraqamish 2/4 dahasida joylashgan. Umumiy maydoni 0,40 — gektar, binolar 1,4 ming kvadrat metrni egallagan. Narxi — 6,5 milliard so‘m.

Ikkinchi obyekt Yashnobod tumanidagi Karimov ko‘chasida joylashgan. Umumiy maydoni — 0,14 gektar, binolar egallagan maydon — 1 ming kvadrat metr. Narxi — 4,9 milliard dollar.

Poliklinikalar O‘zbekiston Prezidentining “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq sotilmoqda.

To‘lov shartlari va amaliyoti haqida batafsil ma’lumotlar bilan Davlat raqobat qo‘mitasining veb-sayti orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют