» » Toshkent viloyatida ehtiyojmand 380 ta oilaga moddiy yordam berildi

Toshkent viloyatida ehtiyojmand 380 ta oilaga moddiy yordam berildi


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent viloyati kengashi tomonidan muborak Ramazon oyida qator xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda mavjud 30 ta muqaddas qadamjo va 797 ta qabriston tartibga keltirilib, obodonlashtirilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar, bemor va nogironlar holidan muntazam xabar olinmoqda.

Shu kunga qadar shu toifadagi aholining 380 nafariga 95 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. 1200 dan ortiq kishiga 72 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari berilgan. Shuningdek, mahallalarda Ramazon oyining mazmun-mohiyati, oilalarda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilib, iftorlik marosimlarini kamchiqim va isrofgarchiliksiz o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Ramazon hayitini munosib nishonlashga puxta hozirlik ko‘rilmoqda. Uch kun davom etadigan hayit bayrami kunlari ijtimoiy himoyaga muhtoj 1000 dan ziyod fuqaroning holidan xabar olish, ularga kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari ulashish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют