» » Rossiya qamoqxonlaridagi talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum qilindi

Rossiya qamoqxonlaridagi talab yuqori bo‘lgan kasblar ma’lum qilindi


Rossiya jazoni ijro etish federal xizmati qanday kasblarga mamlakat qamoqxonalarida talab yuqori ekanligi haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Eng ommabop kasblar sifatida qurilish ishlari bo‘yicha mutaxassislar, xususan, payvandchi, g‘isht teruvchi, beton quyuvchi, frezerchi, traktorchi va elektr ustalar tan olingan.

Bundan tashqari, tikuvchi, to‘quvchi, bichuvchi, oshpaz, sartarosh, hayvonboqar, sabzavotchi, nonvoy, yog‘ochdan badiiy buyumlar tayyorlovchi, o‘rmon kesuvchi, qozonxona operatori, tokar kabi kasblarga ham talab yuqori ekanligi qayd etilgan.

Kasblar ro‘yxatiga axloqni tuzatish muassasining ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, mahkum ozod qilinganidan keyin ishlashi mumkin bo‘lgan kasblarga talabni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritiladi.

Federal xizmat tomonidan qayd etilishicha, mahkumlarning moslashuvi nafaqat mutaxassislik bo‘yicha ishni, balki 168 ta turli yo‘nalish bo‘yicha o‘qitishni ham ko‘zda tutadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют