» » Toshkentda Qozog‘istondan qaytayotgan ayolni tunagan haydovchi va uning sherigi qo‘lga olindi

Toshkentda Qozog‘istondan qaytayotgan ayolni tunagan haydovchi va uning sherigi qo‘lga olindi


Toshkent viloyatining Qibray tumanida K.U. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 4-iyun kuni Toshkent tumanida joylashgan “G‘ishtko‘prik” chegara posti orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga o‘tganidan so‘ng talonchilarga duch kelgani bildirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Bu yerda u noma’lum shaxs boshqaruvidagi davlat raqamlari aniqlanmagan oq rangli Nexia mashinasiga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Qibray tumaniga yetib kelganida haydovchi avtomobilni to‘xtatib, K.U.ga tegishli ichida Dell noutbuki, hisobida 2 ming qozoq tangasi bo‘lgan plastik kartasi, Samsung mobil telefoni va kiyim-kechaklari bo‘lgan chemodani hamda ayollar sumkasini olib qo‘yib, o‘zini tushirib yuboradi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan N.Yu. va Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi D.R. sodir etganliklari aniqlandi.

Talonchilar qo‘lga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют