» » O‘zbekistonda tug‘ilganidan boshlab shaxsiy identifikatsiya raqami berish tartibi joriy etiladi

O‘zbekistonda tug‘ilganidan boshlab shaxsiy identifikatsiya raqami berish tartibi joriy etiladi


O‘zbekiston Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Qarorda asosiy e’tibor sohada aholiga har tomonlama va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatishni samarali mexanizmlarini yaratishga qaratilib, bu borada to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi hamda mazkur muammolardan kelib chiqib, fuqarolarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda FHDYo organlarining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini sifatini yaxshilash borasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.

Jumladan, aholiga tezkor ravishda arxiv ma’lumotnomalari va axborotini olish imkoniyatini beruvchi fuqarolik holati yagona elektron arxivini shakllantirish ko‘zda tutildi.

2022-yil 1-yanvarga qadar FHDYo organlari arxivlarida 19-asrdan boshlab saqlanib kelayotgan barcha (60.000.000 dan ortiq) yozuvlar elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi.

Fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida byurokratiya va korrupsiya yuzaga kelishini oldini olishga qaratilgan idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish orqali, shu jumladan olis joylarga chiqqan holda “mobil davlat xizmatlari” uslublari ishlatiladi.

Shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishga mas’ul mansabdor shaxslar, ya’ni tumanlar (shaharlar) hokimlari, xotin-qizlar qo‘mitalari raislari, Davlat xizmatlari agentligining direktori, tumanlar (shaharlar) FHDYo bo‘limlari mudirlarining majburiyatlari va javobgarligi doirasi aniq belgilab berildi.

2018-yilning 1- iyulidan boshlab nikoh shartnomasii, aliment to‘lash haqida kelishuvni notarial tasdiqlaganlik uchun davlat boji undirilishi bekor qilindi.

Ma’lumki, FHDYo organlarida tug‘ilishni qayd etishda davlat boji undirilmaydi, biroq sudlar tomonidan tug‘ilganlik faktini belgilash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda to‘lovlar undirilishi belgilangan edi.

Qaror bilan endilikda sudlar tomonidan otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek, tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rish uchun hech qanday to‘lovlar undirilmasligi belgilab qo‘yildi.

Bundan tashqari, tug‘ilish va o‘lim faktlarini o‘z vaqtida qayd qilish maqsadida 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab FHDYo organlari bilan sog‘liqni saqlash muassasalari o‘rtasida tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risida elektron ma’lumotlar almashishni yo‘lga qo‘yish, homiladorlikning erta bosqichidan chaqaloq tug‘ilguniga qadar hisobini olib borishni avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish hamda uni “FHDYo yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilish vazifasi tegishli idoralarga yuklandi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq 2019-yil 1-yanvardan bola tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma qayd etilishida chaqaloqlarga uning hayoti davomida to‘planadigan o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlarni qamrab oluvchi shaxsiy identifikatsiya raqami berilishini amaliyotga joriy etiladi.

Qaror bilan tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligida hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularga qayd etilmagan tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini aniqlash nuqtai nazaridan to‘liq xatlovdan o‘tkazish, natijasi bo‘yicha tug‘ilganlik, o‘lim holatlarini qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini ta’minlash yuklandi.

FHDYo organlari tizimida yuzaga kelayotgan korrupsion holatlarni oldini olish va ularga qarshi keskin kurashish borasida 2018-yil 1-sentabrdan boshlab fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun to‘lovlarni (davlat boji, gerb yig‘imi va pullik xizmat) elektron mobil dasturlar orqali to‘lash tizimi joriy etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют