» » Toshkentda “O‘zbekistonning gastronomik xaritasi” loyihasi konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda “O‘zbekistonning gastronomik xaritasi” loyihasi konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazildi


Toshkentda “O‘zbekistonning gastronomik xaritasi” loyihasi konsepsiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi loyiha tashabbuskorlari hisoblandi, deb xabar beradi Norma.

O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi raisi Akbar Umarovga ko‘ra, gastronomik xarita, keyinchalik esa gastronomik atlas yoki yo‘lko‘rsatgichni tuzish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar uyushmaning turizm sohasi, uning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bo‘ladi. 

Sohaning rivojlanishi gastronomik turlarni alohida yo‘nalish sifatida ishlab chiqish va sotishni taqozo etadi. Sayyohlar palov yoki somsa haqida biladi, biroq, aytaylik, Xorazm yoki Farg‘ona vodiysining beqiyos taomlaridan bexabar. Gastronomik xarita mamlakatimizning rang-barangligini ochib berishi lozim.

Farangiz Abdullayeva, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakili

Gastronomik xarita har bir mintaqa uchun alohida ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda. Xarita risola ko‘rinishida chop etiladi, shuningdek, uni qo‘mita portalidan yuklab olish mumkin, mobil dastur yaratilishi ham mo‘ljallangan. 

Xaritani ishlab chiqishni poytaxtdan boshlashga qaror qilindi. Ro‘yxatga assotsiatsiya tomonidan tavsiya etilgan, nafaqat o‘zbek, balki boshqa millat taomlarini ham tayyorlovchi, turli narx diapazonlaridagi muassasalar kirishi ko‘zda tutilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют