» » O‘zbekistonda sayyohlar o‘lchovli oltin yombilarni sotib olishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda sayyohlar o‘lchovli oltin yombilarni sotib olishi mumkin bo‘ladi


O‘zbekistonda sayyohlar o‘lchovli oltin yombilarni sotib olishi mumkin bo‘ladi, deb yozadi Spot. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metallardan o‘lchovli yombilarni ishlab chiqarish va qimmatbaho metallar bozori faoliyatini tartibga solishni tashkillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq “Navoiy TMK” DK bazasida qimmatbaho metallar (oltin va kumush)dan 5 grammdan 1000 grammgacha bo‘lgan o‘lchovli yombilar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik kompleks qurilishi” sarmoyaviy loyihasini amalga oshirish tasdiqlandi.

Qarorda loyihani amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi taqdim etilgan, qurilish davomida ishtirokchilarning asosiy rollari taqsimlangan. Ta’kidlash joizki, “Navoiy TMK” DK o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlari qoldiqlarini ichki bozorda milliy valyutada maqsadli ravishda tarqatishi mumkin.

Bu O‘zbekistonning turistik yo‘nalish sifatidagi jozibasini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Xitoy va Hindiston sayyohlari o‘z sayohatlari davomida tilla buyumlar xarid qilishni yaxshi ko‘radi — bu ularning o‘ziga xos an’anasi. Oltin yombilar xaridi ham shular jumlasidandir, u O‘zbekistonning qimmatbaho metallar bozorini rivojlantirish va sayyohlar uchun mamlakat jozibasini yanada oshirishga yordam beradi.

O‘zbekistonga qimmatbaho metallar olib kirish va olib chiqish jarayonlarini soddalashtirish uchun tegishli choralar ko‘riladi, qimmatbaho metallar og‘irligi bo‘yicha cheklovlar va shart-sharoitlar belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют