» » Koinotga parvoz qilgan musulmonlar (fotogalereya)

Koinotga parvoz qilgan musulmonlar (fotogalereya)


O‘zbekiston musulmonlari idorasi saytida koinotga parvoz qilgan musulmon fazogirlar haqida ma’lumot e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, ularning jami soni o‘n kishidan iborat.

1.Saudiya shahzodasi Sulton ibn Salmon. U 1985-yilda “Diskaveri” kosmik kemasida koinotga parvoz qilgan.

2. 1987-yilning iyulida koinotga Foris Muhammad Ahmad parvoz qildi. U “Soyuz TM-3” kosmik kemasi va “Mir” orbital ilmiy-tadqiqot kompleksida kosmonavt-tadqiqotchi sifatida faoliyat olib borgan. U suriyalik ilk kosmonavtdir.

3. Kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Muso Xiramanovich Manarov 1987-yilning 21-dekabridan 1988-yilning 21-dekabrigacha bort muhandisi sifatida fazoga parvozni amalga oshirdi. U “Soyuz TM-4” kosmik kemasida parvoz qilib, “Mir” orbital kompleksida bir yil faoliyat olib bordi.

4. 1988-yilda koinotga “Soyuz TM-6” kosmik kemasida kosmonavt-tadqiqotchi sifatida Momand Abdul Ahad parvoz qildi. U Afg‘oniston Respublikasining birinchi kosmonavtidir.

5. 1991-yilda koinotga Abubakirov To‘xtar Ongarbayevich parvoz qildi. U qozoq millatiga mansub ilk kosmonavtdir.

6. 1994-yilda Musabayev Tal’at Omonkeldiyevich koinotga parvoz qildi.

7. Sharipov Solijon Shokirovich 1998-yilda koinotga parvozni amalga oshirdi. O‘zbek millatiga mansub ilk kosmonavt bo‘lib, O‘sh viloyatining O‘zgan shahrida tug‘ilgan.

8. Ansari Anushe 2006-yilda koinotga parvoz qildi. Kelib chiqishi eronlik.

9. Shayx Muzaffar Shukor malayziyalik kosmonavt bo‘lib, 2007-yilning 10-oktabrida XKSda faoliyat olib borgan 13-ekspeditsiya a’zosi bo‘lgan. Uning parvozi muborak Ramazon oyiga to‘g‘ri keldi.

10. Aydin Akanovich Aimbetov qozog‘istonlik kosmonavt bo‘lib, 2015-yilda “Soyuz TMA-18M” kosmik kemasida XKSga parvoz qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют