» » Tramp va Kim Chen In bir-birlarining mamlakatlariga tashrif bilan borishga rozi bo‘ldi

Tramp va Kim Chen In bir-birlarining mamlakatlariga tashrif bilan borishga rozi bo‘ldi


AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In tashrif haqidagi ikki tomonlama taklifni qabul qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Hurmatli oliy rahbar (Kim Chen In) prezident Trampni qulay vaqtda Pxenyanga tashrif buyurishga taklif qildi va prezident Tramp ham Davlat kengashi raisi Kim Chen Inni AQShga tashrif buyurishga taklif qildi”, — deyiladi Koreya Markaziy telegraf agentligi xabarida.

Ta’kidlanishicha, mamlakatlar yetakchilari takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilgan, chunki bu, ularning fikricha, Vashington va Pxenyan aloqalarini yaxshilashga yordam beradi.

Shuningdek, agentlik Singapurdagi AQSh va KXDR sammitini dunyo hamjamiyatining “qizg‘in ko‘magi bilan” o‘tgan “buyuk” voqea deb atadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют