» » Niderlandiya parlamenti Ukraina bilan MH17 bo‘yicha bitimni ma’qulladi

Niderlandiya parlamenti Ukraina bilan MH17 bo‘yicha bitimni ma’qulladi


Niderlandiya parlamenti 2014-yilgi Boeing halokatiga aloqador shaxslarni jinoiy ta’qib qilish haqidagi Ukraina bilan kelishuvni ma’qulladi, deb yozadi “TASS”.

Tasdiqlangan shartnoma halokat uchun javobgar shaxslarni jinoiy ta’qib qilish jarayonini yengillashtirish maqsadini ko‘zlaydi. Xususan, unda sud jarayoni Niderlandiya sudida, aniqrog‘i Gaagada bo‘lib o‘tishi haqidagi nizom qayd etilgan.

Kelishuvlar Niderlandiya yurisdiksiyasiga va jinoiy ta’qib qilish huquqiga taalluqli bo‘lib, gumonlanuvchilarni so‘roq qilish masalalarini tartibga soladi, videokonferensiya orqali sud o‘tkazish imkonini beradi va Ukrainaga qamash bilan bog‘liq hukmlarni ijro etish majburiyatini yuklaydi (chunki mamlakat o‘z fuqarolarini topshirmaydi).

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning 17-iyulida Amsterdamdan Kuala-Lumpurga parvoz qilgan Malayziyaga qarashli samolyot Ukraina sharqida halokatga uchragandi. Havo kemasi bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi vafot etgan. Yo‘lovchilarning aksariyati niderlandiyalik bo‘lgan.

Birlashgan tekshiruv guruhi 24-mayda e’lon qilgan yangi hisobotda layner Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaasining 53-zenit raketa brigadasiga tegishli “Buk” tomonidan urib tushirilgani aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют