» » Qoraqalpog‘istonda maxsus tergov xonalari tashkil etildi. Ularda guvoh, jabrlanuvchi va gumon qilinuvchi bir-birini ko‘rmaydi

Qoraqalpog‘istonda maxsus tergov xonalari tashkil etildi. Ularda guvoh, jabrlanuvchi va gumon qilinuvchi bir-birini ko‘rmaydi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov boshqarmasida tergov jarayonlarini stenografiya qilish, videonazorat, shuningdek, tergov harakatlarini audio va video shaklida yozib olish tizimlari bilan jihozlangan majmua tashkil qilindi. Bu xaqida vazirlik matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA muxbiri Yesimxan Qanoatov xabar berdi.

Majmua maxsus tergov xonasi, o‘smirlar tergov xonasi va operator xonasidan iborat.

Mazkur maxsus tergov xonalari qurilishida jabrlanuvchi va guvohlarni gumon qilinayotgan shaxs bilan yuzlashtirishga amal qilinadigan xalqaro normalar hisobga olingan. Bunda gumon qilinuvchi shaxs o‘ziga ko‘rsatma berayotgan jabrlanuvchi bilan yuzma-yuz ko‘rishmaydi, balki alohida xonada o‘rnatilgan monitor orqali ularni ko‘radi. Guvoh yoki jabrlanuvchi gumon qilinayotgan shaxsni ko‘rmaydi. 

Sababi, jinoyatga aloqador shaxsni ko‘rgan jabrlanuvchi ruxiy zarba olishi mumkin. Bu esa tergov jarayonini og‘irlashtiradigan holatlardan hisoblanadi. Shu sababli majmuada nazorat kameralari o‘rnatilgan, operatorlar tasvirni kerakli xonada monitorga yetkazish bilan shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют