» » Sindaodagi ShHT davlatlari kinofestivalida o‘zbek filmlari namoyish etiladi

Sindaodagi ShHT davlatlari kinofestivalida o‘zbek filmlari namoyish etiladi


Joriy yil 12—17-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar kinofestivalida o‘zbek filmlari ham namoyish etiladi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Festival tashkilotchilariga “Yo‘l bo‘lsin” va “Merosxo‘r” filmlari ingliz tilidagi subtitr bilan ta’minlangan holda taqdim etildi. Ushbu filmlar festival hay’at a’zolari tomonidan tanlab olinib, festivalning asosiy dasturida namoyishga tavsiya etilgan.

Shuningdek, festival doirasida 14-15 iyun kunlari “ShHTga a’zo davlatlar kinofestivali ishtirokchilari kinobozori” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirda Xitoyning nufuzli kinokompaniyalari va media tashkilotlari ishtirokida filmlar prokatini ta’minlash va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi.

Tadbir davomida har bir ishtirokchi mamlakatga pаvilonlar ajratilib, milliy kinematografiya namunalarini ShHTga a’zo mamlakatlar hududlarida namoyish etish imkoniyatlari o‘rganilib, tegishli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joizki, “Yo‘l bo‘lsin” filmi rejissyor Qamara Kamalova mazkur kinofestivalda hay’at a’zosi sifatida ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют