» » Erdo‘g‘on: Turkiya zarurat tug‘ilsa C-400 komplekslaridan foydalanadi

Erdo‘g‘on: Turkiya zarurat tug‘ilsa C-400 komplekslaridan foydalanadi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ma’lum qilishicha, Turkiya “zarurat tug‘ilganida” Rossiyaning C-400 zenit-raketa komplekslaridan foydalanadi. Bu haqda Hurriyet gazetasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

“Biz shunchaki C-400’larni sotib olib, ularni omborga joylashtirmaymiz. Zarurat tug‘ilganida ulardan foydalanamiz”, — deydi Erdo‘g‘on.

Turkiya yetakchisining ta’kidlashicha, C-400 “himoya vositasi” hisoblanadi, shu sababli mamlakat armiyasi undan mudofaa maqsadlarida foydalanadi. Prezidentning qayd etishicha, turk hukumati zenit-raketa komplekslarini yetkazib berish borasida Amerika hukumati qarorlariga bog‘lanib qolishdan “charchagan”.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan C-400’larning yetkazib berilishi borasidagi taklif Vashington Turkiyaga o‘z zenit-raketa komplekslarini sotishni istamagan bir vaqtda juda “jozibador” hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют