» » Vengriyalik navoiyshunos olim Sherali Jo‘rayevni ko‘rish uchun safarini kechiktirdi

Vengriyalik navoiyshunos olim Sherali Jo‘rayevni ko‘rish uchun safarini kechiktirdi


9-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Mir Alisher Navoiyning 576 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Avvalg‘ilarg‘a o‘xshamas” deb nomlangan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston xalq shoirlari Xurshid Davron, Iqbol Mirzo hamda O‘zbekiston xalq hofizi Sherali Jo‘rayev ishtirok etdi. Sherali Jo‘rayev Navoiy g‘azallari bilan bastalangan bir qancha qo‘shiqlarini ijro etdi.

Milliy ruhda o‘tayotgan badiiy-musiqiy kechada bor diqqat-e’tibori bilan kuy tinglayotgan chet ellik mehmon barchaning e’tiborini tortdi.

Beneden Peri asli vengriyalik bo‘lib, navoiyshunos olim, professor sanaladi. Kechaga esa u aynan buyuk hofiz Sherali Jo‘rayevni shaxsan ko‘rish va uning Navoiy g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlarini tinglash uchun tashrif buyurgan. Beneden Peri shoir Iqbol Mirzo tomonidan sahnaga chaqirilib, unga alohida hurmat ko‘rsatildi.

Men Sherali Jo‘rayevni 1990-yillardan tinglayman, chunki uni otam eshitardi. Uyimizda uning qo‘shiqlari yozilgan plastinkalar bo‘lardi. Hayotimdagi men uchun sharaf hisoblangan ishlardan biri Alisher Navoiy ijodini o‘rganganligim bo‘lsa, ikkinchisi Sherali Jo‘rayevni ko‘rish edi. Bugun biz xizmat safari bilan Navoiy viloyatiga ketishimiz kerak edi. Biroq Sherali Jo‘rayev kuylashini eshitib safarni kechiktirdim. Chunki men uning ashaddiy muxlisiman.

Beneden Peri, navoiyshunos olim

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют