» » Britaniya parlamenti Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasini ma’qulladi

Britaniya parlamenti Yevropa Ittifoqidan chiqish rejasini ma’qulladi


Buyuk Britaniya parlamentining quyi palatasi 12-iyun kuni 298 ovozga qarshi 342 ovoz bilan mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqish borasidagi rejasini qabul qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Shunday qilib Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey parlament a’zolarining qo‘llab-quvvatloviga erishdi, biroq Brexit’ga qarshi bo‘lganlar partiya bilan murosa qilishga majbur bo‘ldi. Natijada parlament Birlashgan Qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayonini nazorat qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Mazkur ovoz berish jarayoni natijalari so‘ng, Tereza Mey turli tomonlardan kuchli bosimga uchramoqda.

London va Bryussel kelajakdagi hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokalarni Buyuk Britaniyaning 2019-yil mart oyida Yevropa Ittifoqini tark etganidan so‘ng boshlanadi va u 21 oy davom etadi.

Ushbu muddat davomida Britaniya tomoni YIni faqatgina kuzatib boradi, unda qabul qilinayotgan qarorlarda ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari London umumyevropa bozori va bojxona ittifoqining a’zosi bo‘lib qoladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют