» » Ilon Mask Tesla’ning bir necha minglab xodimi ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi

Ilon Mask Tesla’ning bir necha minglab xodimi ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi


Tesla avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi asoschisi Ilon Mask 9 foiz xodimini qisqartirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “Meduza”.

Ushbu chora kompaniya xarajatlarini qisqartirish va uni foydaga kirgizish uchun qilinmoqda.

Mask xodimlar sonining qisqarishi Model 3 ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlarga erishishga ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlagan.

Avvalroq u iyun oxiriga qadar haftasiga besh mingta Model 3 ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Tesla’da qariyb 46 ming kishi ishlaydi. Shu tariqa, kompaniyadagi qisqartirish tufayli to‘rt mingdan ortiq xodim ishdan bo‘shatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют